Hakim Termiziy
Din ishlari Musulmonlar idorasi Imom Termiziy markazi Oliy ta'lim vazirligi

Xalqaro Konferensiya

Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati

2026-yil 18-noyabr
Termiz, O‘zbekiston
00 Kun
00 Soat
00 Daqiqa
00 Soniya
Maqbara

Konferensiyaga Taklif

Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.07.2026-yildagi PQ-275-sonli “Buyuk vatandoshimiz, hadis va tasavvuf ilmining yetuk namoyandasi Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkaziladigan “Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyaga taklif etamiz.

Mazkur konferensiya Hakim Termiziyning boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, uning hadis, tasavvuf va hikmat sohalaridagi qarashlarining bugungi kundagi ahamiyatini keng yoritish hamda alloma merosini xalqaro ilmiy jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan.

Muhokama qilinadigan mavzular

01

Hakim Termiziy hayoti va ilmiy merosi.

02

Hakim Termiziyning hadis ilmi rivojida tutgan o‘rni.

03

Hakim Termiziy tasavvuf ta’limotining umuminsoniy ahamiyati.

04

Hakim Termiziy merosida axloq, ma’rifat va inson kamoloti.

05

Termiziy allomalar ilmiy merosi va ularning hozirgi kundagi ahamiyati.

06

Hakim Termiziy merosining zamonaviy tadqiqotlardagi talqini.

Tezislar va ishtirok etish talablari

Maqolalar o‘zbek, arab, turk, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Konferensiya yakunlari bo‘yicha maqolalar to‘plami elektron nashr etiladi.

  • Maqolalar elektron ko‘rinishda taqdim etilishi kerak.
  • Iqtiboslar matn tarkibida to‘rtburchak qavs ichida, [1; 109] shaklida beriladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati shart.
  • Format: MS Office WORD 97-2003, Times New Roman, yozuv hajmi 14 pt, 1,5 interval, yuqori va pastdan 2,5 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm.
  • Maqola mavzusi katta harf bilan yoziladi, ma’ruzachining to‘liq ismi, ilmiy darajasi va lavozimi, tashkilot, aloqa raqami yoziladi.
  • Maqoladagi ma’lumotlarning ishonchliligi, ilmiy-nazariy asoslanganligi uchun muallif(lar) mas’ul hisoblanadi.

Maqolalarni yuborish oxirgi muddati:

2026-yil 10-noyabr