Yangiliklar

05.10.2026

HAKIM TERMIZIY TAVALLUDINING 1200 YILLIGI KENG NISHONLANADI

✅"Buyuk vatandoshimiz, hadis va tasavvuf ilmining yetuk namoyandasi Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PQ–275-son Qarori qabul qilindi. (https://lex.uz/uz/docs/-8350210) ✅ Qarorga ko‘ra, joriy yilda Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlanadi. ✅Termiz shahrida 2026-yil noyabr oyida “Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi. ✅Hakim Termiziyning “Navodirul usul” va “Bahrut tafsir” asarlari hamda allomaning ilmiy merosiga oid boshqa manbalarning o‘zbek va xorijiy tillardagi ilmiy-izohli akademik tarjimalari nashr etiladi. ✅2026-yil davomida Hakim Termiziy ilmiy merosiga oid turkum risolalar nashrga tayyorlanadi va chop etiladi. ✅O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda diniy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Hakim Termiziy asarlari bilimdoni” tanlovi o‘tkaziladi va g‘oliblar munosib taqdirlanadi. ✅Alloma tavalludining 1200 yilligi munosabati bilan Hakim Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan kurash turniri 2026- yil noyabr oyida “Mardlar maydoni” shiori asosida yuqori saviyada o‘tkaziladi. ✅Bu qaror buyuk ajdodimizning boy ilmiy-maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish, keng targʻib etish va uni kelajak avlodlarga yetkazish yoʻlidagi muhim tarixiy qadamdir.